«Зима 2025»

Kon-metallurgiya sanoatida metallarni kompleks ajratib olishning hozirgi holati va uning rivojlanish istiqbollari tahlili

Maqolada kon-metallurgiya sanoatida metallarni ishlab chiqarish jarayonlarida muammolari va metallarni ishlab chiqarishda hosil bo’lgan sanoat chiqindilarining atrof muhitga yetkazayotgan zarari, ularni bartaraf etish yo’llari tahlil qilingan. Shuningdek ulardagi metallarni kompleks ajratib olishning istiqbolli yo’llari va rivojlanishi tahlili.

Олимпиады: Технология 1 - 4 классы

Содержимое разработки

KON-METALLURGIYA SANOATIDA METALLARNI KOMPLEKS AJRATIB OLISHNING HOZIRGI HOLATI VA UNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI TAHLILI

Mamaraximov Safarali Kamolidinovich1

Turdiev Abbosxon Baxtiyor o’g’li2

1TDTU Olmaliq filiali “Metallurgiya” kafedrasi katta o’qituvchisi

2TDTU Olmaliq filiali “Metallurgiya” yo’nalishi talabalari

Anotatsiya. Maqolada kon-metallurgiya sanoatida metallarni ishlab chiqarish jarayonlarida muammolari va metallarni ishlab chiqarishda hosil bo’lgan sanoat chiqindilarining atrof muhitga yetkazayotgan zarari, ularni bartaraf etish yo’llari tahlil qilingan. Shuningdek ulardagi metallarni kompleks ajratib olishning istiqbolli yo’llari va rivojlanishi tahlili.

Kalit so’zlar: Atrof-muhit, mineral resurslar, og’ir rangli metallar, sanoat chiqindilari, konsentratsiya, uskunalar, qo’rg’oshin, mis, rux, ion almashish.


Oʻzbekistonda kon-metallurgiya sanoati mamlakat iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot va valyuta tushumlarining salmoqli qismini ta'minlaydi. Mamlakatimiz koʻp turdagi foydali qazilmalarning koʻrsatkichlari boʻyicha jahonda etakchilar qatorida turadi.

Keyingi yillarda rangli metallurgiya ogʻir sanoatning yuqori darajada rivojlangan tarmogʻiga aylandi. Metallga boʻlgan talab yildan yilga ortib bormoqda. Texnika, fan va madaniyatning rivojlanishini mashinalar, mexanizmlar, asboblar va boshqa koʻplab metall buyumlarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Zamonaviy sharoitda atom energetikasi, kosmik texnika va aviasiya, radioelektronika va kompyuter texnikasining jadal rivojlanishi koʻp turdagi metallarni ishlab chiqarish hajmini oshirishni taqozo etmoqda [1].

Atrof-muhit muhofazasini hisobga oluvchi texnologiyalar koʻp hollarda kam chiqindili texnologiyalarni joriy etish orqali qoʻshimcha mahsulotlar ishlab chiqarish, asosiy ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻlgan chiqindilardan oqilona foydalanish bilan tavsiflanib, ba'zi hollarda ishlab chiqarish jarayonida qoʻshimcha mahsulotlar olish yuqori energiya sarfini va uskunalarni ishchi holatda saqlash, sarf materiallari va butlovchi qismlar va boshqa ekspluatasion xarajatlarni talab qiladi [2].

Hozirgi vaqtda kimyoviy elementlar orasida atom massasi 50 dan yuqori boʻlgan kimyoviy elementlar va ularning birikmalari - ogʻir metallarning tuzlari (yoki ionlari) atrof-muhit ob'ektlarini, xususan, suv muhitini asosiy va xavfli ifloslantiruvchi moddalar hisoblanadi. Bugungi kunda ogʻir metallardan simob, qoʻrgʻoshin, kadmiy, margimush, mis, vanadiy, qalay, rux, surma, molibden, kobalt, nikel va boshqalar atrofmuhitni ifloslantiruvchi asosiy moddalar sifatida tan olingan [3].

Tadqiqotlar [4] natijalari shuni koʻrsatadiki, bakteriyalar yordamida er qa'ridan temir, rux, nikel, kobalt, titan, alyuminiy, qoʻrgʻoshin, vismut, oltin, germaniy, reniy, indiy, talliy, galliy elementlarini eritmaga oʻtkazish mumkin. Oltingugurt va boshqa elementlarning birikmalarini oksidlovchi mikroblar eng arzon metallurgiya vositalaridan biri hisoblanadi.

Soʻnggi oʻn yillikda sanoatning mineral xomashyo bazasiga xos boʻlgan va koʻp jihatdan rangli metallurgiya, ayniqsa, uning konchilik sanoati rivojlanishining salbiy tendensiyalarini belgilab beruvchi bir qator umumiy muammolar aniqlangan. Koʻpgina mamlakatlarning sanoati asosan boshqa mamlakatlarning rudalari va konsentratlarini qayta ishlashga yoʻnaltirilgan edi [5].

Metallurgiya va unga aloqador tarmoqlarda konlarni qazib olish va boyitish jarayonida katta miqdorda qattiq va suyuq chiqindilar hosil boʻlib, ularning bir qismi qayta ishlanadi, katta qismi esa chiqindixonalarda saqlanadi. Metallurgik qayta ishlash bilan bogʻliq jarayonlarda koʻp miqdorda toshqol, shlam, chang va gaz chiqindilari hosil boʻladi va ularni qayta ishlash talab etiladi [6].

Mualliflar [7] chiqindilarni ikki guruh - asosiy va ikkilamchi guruhga boʻlishgan. Ularning asosiylariga tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun toʻgʻridan toʻgʻri ishlatiladigan chiqindi materiallar: metalli, metall tarkibli (toshqol, shlam, va boshqalar) va metall boʻlmagan chiqindilar kiradi. Qoʻshimcha mahsulotlarga texnologik jarayonlarda ishlatiladigan yoki hosil boʻladigan texnologik materiallar va moddalarning chiqindilari kiradi.

Foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash kelgusida ham respublikamiz iqtisodiyotining strategik yoʻnalishlaridan biri boʻlib qolaveradi. Shu bilan birga, er osti boyliklarini muhofaza qilish va mineral xomashyolardan oqilona foydalanish vazifalari korxonalarning tabiat muhofazasi boʻyicha faoliyatida asosiy oʻrin tutishini koʻrsatgan [8].

Past konsentrasiyali zaharga ega boʻlgan ogʻir metall ionlarining atrof-muhit ob'ektlariga zararli ta'sirining oldini olish va ularni ifloslantiruvchi moddalardan tozalash muammosi global miqyosda boʻlib, bugungi kunda butun dunyo uchun dolzarb hisoblanadi. Sanoatning koʻplab tarmoqlarida texnologik eritmalar va oqova suvlarini ogʻir metall ionlaridan tozalash muammosi mavjud. Bu, ayniqsa, jahon hamjamiyati ekologik inqiroz yoqasida turgan hozirgi paytda oʻta dolzarbdir [9] [10].

Sanoat suvlaridan qoʻrgʻoshin, simob, mis, kadmiy, kobalt, fosfor, mishyak, xrom, rux, temir birikmalarini ajratib olish uchun koʻpincha, ion almashinuv metodi qoʻllaniladi. Chiqindilarni tozalashda ion almashinuvchi tabiiy materiallar ishlatiladi. Ogʻir metall ionlarini ajratib olishda ishqoriy muhit eng samarali hisoblanadi [11]. Misol uchun tashlandiq qo’rg’oshin konida to’plangan yer osti va tabiiy yog’ingarchilik suvlarini tozalashni ko’rsak. Rentgen fazaviy tahlilga asosan, suv tarkibida quyidagi qo’shimcha va metallar borligi aniqlandi.

1.1-jadval

Suvning dastlabki tarkibi rentgen fazaviy taxlil natijalari

Taxlil natijalariga asosan suv tarkibida SO3 ionlarining konsentratsiyasi yuqoriligini ko’rish mumkin, shu sababdan biz avvalo uning miqdorini kamaytirish va tozalash amalini bajarish tanlagan. Buning uchun mualliflar CaO ni tanlagan. Chiqindi suv va ishqorni turli harorat (20-35 oC)larda va 20-80 minut oralig’ida aralashtirgan va natijalarni tahlil qilingan. Tajribalar taxlili natijasida optimal haroratni 25 oC va vaqtni 70 minut tanlab olishgan.

1.2 jadval

Neytirallangan suvning tarkibi rentgen fazaviy taxlil natijalari

Tajribaning taxliliga ko’ra : Qo‘rg‘oshinkan konining oqava suvlaridan bir qancha og‘ir metallarni ajratib olish mumkin bular: metall sulfatlar, karbonatlar va boshqalar. Aniqlanishicha, 50 minut qayta ishlashdan so‘ng metallar (Fe, Zn, Cu, SO4) kontsentratsiyasi pasayadi. )

Xulosa. Koʻrib chiqilgan adabiyotlarni tahlil qilish va metallar ishlab chiqarishdagi metall saqlagan eritmalaridan qimmatbaho komponentlarni olish muammosi boʻyicha faoliyat yuritayotgan korxonalar amaliyotidan quyidagi xulosalar chiqarishga imkon beradi:

Eritmadan metallarni ekstrasiya usuli bilan ajratib olish, asosan, kambagʻal eritmalarni qayta ishlashda qoʻllaniladi, chunki yuqori konsentrasiyali eritmalarda qoʻllaganda ekstragentlarni sarfi juda yuqori boʻladi va uni qayta tiklashda ma'lum qismi yoʻqotiladi. Yuqori konsentrasiyali eritmalardan qimmatbaho komponentlarni ajratib olishning istiqbolli usuli bu kimyoviy choʻktirish hisoblanadi.

Eritmalardan metallarni ajratib olish jarayonini takomillashtirish boʻyicha barcha tadqiqot ishlari yangi, mavjud va arzon reagentlarni topishga qaratilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Khaydaraliev, K. R., Karshiyev, H. K., & Mamaraximov, S. K. (2023). EFFECT OF PARTICLE SIZE DURING LEACHING OF ZINC CAKES IN SULFURIC ACID. Talqin va tadqiqotlar, 1(24).

  2. Юсупова А.И. Очистка сточных вод, содержащих ионы тяжелых металлов, сорбентами и экстрактами из таннинсодержащих отходов // 03.02.08. - Экология (в химии и нефтехимии). Диссертация на соискание ученой степени кандидата технических наук. Казань, КНИТУ, 2015. – с.165.

  3. Mamaraximov, S. K., Turdiev, A. B., & Mirzaraimov, A. A. (2024). Tashlandiq shaxtalar chiqindi suvlaridan metallarni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish. Journal of Advances in Engineering Technology, (1), 22-28.

  4. Bekmaxamatovich, K. S., Kamolidinovich, M. S., Abdijalilo‘G‘Li, S. S., & Uralbayo‘G‘Li, R. I. (2024). MIS ISHLAB CHIQARISH SANOATI VA UNDA HOSIL BO ‘LUVCHI TEXNOGEN CHIQINDI MANBALAR VA ULARNING TARKIBIDAN METALLAR AJRATIB OLISH IMKONIYATLARI. Sanoatda raqamli texnologiyalar Цифровые технологии в промышленности, 2(1), 20-25.

Получите свидетельство о публикации сразу после загрузки работы



Получите бесплатно свидетельство о публикации сразу после добавления разработки


Серия олимпиад «Зима 2025»



Комплекты учителю



Качественные видеоуроки, тесты и практикумы для вашей удобной работы

Подробнее

Вебинары для учителей



Бесплатное участие и возможность получить свидетельство об участии в вебинаре.


Подробнее