«Зима 2025»

Buyuk geografik kashfiyotlar

Tarixmizdagi buyuk geografik kashfiyotlar haqida malumot beradi

Олимпиады: География 5 - 11 классы

Содержимое разработки

BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR.

Muallif: Shomurodova Dilshoda Sayfiddinovna

XV  asrning  2yarmiga  kelib,  Yevropada  tabiiy  resurslar  va  xomashyoga  boy  deb  hisoblangan  Hindiston  va  Xitoyga  yangi  yo‘llarni  topish  ishlari  boshlandiNatijada "Buyuk geografik kashfiyotlar” qilindi. Buyuk geografik kashfiyotlar  asosan  3  ta  yonalishda  olib  borildi:  1)  janubiy Afrika  boylab;  2)  garbiy Atlantika  okeani  orqali;  3)  shimoliyYevrosiyoning  qutbiy  olkalari va shimoliy qirgoqlari boylab. Ushbu  bosqich  1492-yil  ispaniyalik  Xristofor  Kolumbning  Amerikaga  1-sayohatidan  boshlanadi. X.Kolumb  Amerikaga  jami 4 marta borib, har safar yangi-yangi orollarni kashf etishiga qaramay, u yerlarni  Hindiston  emasligini  bilmagan.  1499–1501-yillari Amerigo Vespuchchi  Janubiy Amerika qirg‘oqlarini tekshirib, bu yerlar Hindiston emas, yangi yerlar ekanligini yozadi. 1507-yilda M.Valdzemuller "Kosmografiyaga  kirish” nomli  asarida bu yangi  yerlarni "Terra Amerika” deb  nomlaydi. Keyinchalik  Merkator o‘zi  tuzgan xaritalarida har ikki materikni  ham shu nom bilan ataydi. 1498-yili portugaliyalik Vasko da Gama ekspeditsiyasi Afrikani aylanib o‘tib, Yevropadan Hindistonga boradigan dengiz yo‘lini ochdi. 

XVI asrning oxirlaridan  boshlab Janubiy Osiyo, Avstraliya va Okeaniya hududlari ingliz va gollandlar tomonidan tekshirilib, zabt etila boshlandi. 1605-yilda  golland  sayyohi  Yanszon  Avstraliya  materigini  kashf  qildi. So‘ngra 1641–1643-yillarda A. Tasman materikni aylanib chiqdi.

Shu davrda rus sayyohlari Sibir, Uzoq Sharq, Yevrosiyoning shimoliy  va shimoli-sharqiy  qirg‘oqlarini,  Shimoliy Amerikaning shimoli-g‘arbiy qismigacha bo‘lgan hududlarni  o‘rganib,  xaritaga  tushirdilar  va  tasvirlab yozdilar.

Yuqorida  aytilgan va boshqa o‘nlab ekspeditsiyalarda to‘plangan ma’lumotlar  geografik  bilimlarning  kengayishiga va takomillashuviga  olib  keldi. 1544-yilda S.  Myunsterning  "Kosmografiya”,  1650-yili golland  olimi B.Vareniusning  "Umumiy  geografiya”  nomli  asari  bosilib  chiqdi.  G.Merkator xaritalarning  matematik  asosini,  kartografik  proyeksiyalarni ishlab chiqdi. Bularning bari ilmiy geografiya rivojlanishi uchun asos bo‘ldi.  

Получите свидетельство о публикации сразу после загрузки работы



Получите бесплатно свидетельство о публикации сразу после добавления разработки


Серия олимпиад «Зима 2025»



Комплекты учителю



Качественные видеоуроки, тесты и практикумы для вашей удобной работы

Подробнее

Вебинары для учителей



Бесплатное участие и возможность получить свидетельство об участии в вебинаре.


Подробнее