«Зима 2025»

Oltin metallurgiyasida yangi texnologiyalar

Презентация на узбекском языке и охватывает основы новых технологий производства золота.

Олимпиады: Химия 7 - 11 классы

Содержимое разработки

4-ma'ruza. Oltin metallurgiyasida yangi texnologiyalar   Taqdimotchi : Hojiyev Sh.T.

4-ma'ruza.

Oltin metallurgiyasida yangi texnologiyalar

Taqdimotchi : Hojiyev Sh.T.

Oltinning tabiiy manbalari

Oltinning tabiiy manbalari

  • Rudada oltin sof (tug‘ma yoki yombi) holda uchraydi. Ba’zi qaysar rudalarda sulfidli minerallar bilan mexanik aralashgan holda uchraydi.
  • Konlari: Muruntau (Navoiy), Amantaytau (Navoiy), Oltin topgan (Toshkent), Chodak (Namangan), Rudadagi o‘rtacha miqdori 5 g/t.
Oltinni gidrometallurgik usulda ishlab chiqarishning texnologik sxemasi

Oltinni gidrometallurgik usulda ishlab chiqarishning texnologik sxemasi

Tarkibida oltin saqlagan rudalarni qayta ishlashga tayyorlash jarayonlari

Tarkibida oltin saqlagan rudalarni qayta ishlashga tayyorlash jarayonlari

Oltinli rudalarni gravitatsion boyitish dastgohlari Konsentratsion Shlyuz

Oltinli rudalarni gravitatsion boyitish dastgohlari

Konsentratsion

Shlyuz

Oltinli rudalarni gravitatsion boyitish dastgohlari Cho’ktirish Og’ir

Oltinli rudalarni gravitatsion boyitish dastgohlari

Cho’ktirish

Og’ir

Qaysar rudalarni biotexnologik qayta ishlash

Qaysar rudalarni biotexnologik qayta ishlash

  • Oltinni sulfidli kontsentratlardan ajratib olishning intensiv texnologiyasining imkoniyatlarini o'rganish asosiy maydalash jarayonida mexanik faollashuv paytida asosiy minerallar va oltin tashuvchilarning xatti-harakatlarini o'rganish bilan chambarchas bog'liq. Ko'p sonli asarlar ushbu masalaga bag'ishlangan. Oltinni mayda silliqlash va mexanik-kimyoviy faollashtirish orqali mexanik-kimyoviy ochilish samaradorligi nafaqat mineral donalarning kristall konstruktsiyalarining dispersiyasi va deformatsiyasi darajasining oshishi bilan, balki butun hajmdagi zarrachaga energetik ta'sir ko'rsatishi bilan ham bog'liq, bu esa erituvchi reagentlar bilan o'zaro ta'sirlashganda ularning bir zumda erishi sodir bo'ladi.
Tanlab eritish jarayoni: sianlash

Tanlab eritish jarayoni: sianlash

  • Au ni sanoat miqiyosida ajratib olishda Sianlash usulidan foydalaniladi. Bunda Au li bo‘tanaga NaCN, KCN, yoki Ca(CN) 2 larning 5-10% li eritmalari ta’sir ettiriladi va eritmaga havo kislorodi (oksidlovchi) purkaladi. Natijada Au kimyoviy reaksiyaga kirishib, erib qattiq fazadan eritma fazasiga o‘tadi. Bunda eritmaning vodorod ko‘rsatkichi kuchli ishqoriy bo‘lishi kerak (pH=11 – 12). Buning uchun eritmaga sianlashdan oldin quyuqlashtirish vaqtida ohak qo‘shiladi va buni “himoyalovchi ishqor” deb ham yuritiladi. Bunga sabab neytral va kislotali muhitda zaharli sianid kislotasi hosil bo‘lib bug‘lanishi mumkin. Jarayonning kimyoviy reaksiyasi tenglamasi quyidagicha:
  • 4Au + 8NaCN + O 2 + 2H 2 O = 4Na[Au(CN) 2 ] + 4NaOH
Sorbsion tanlab eritish

Sorbsion tanlab eritish

  • Au tanlab eritilganidan so‘ng hosil bo‘lgan eritmadan oltin saqsagan komplekslar ionalmashuvchi qatronlar (smolalar) bilan eritmadan yig‘ib olinadi. Bunda qatronning hajmiga eritmadagi oltin kimyoviy yo‘l bilan yutiladi (xemosorbsiyalanadi). Au eritmada anion kompleksi ko‘rinishida bo‘lganligi sababli eritmaga anion almashinuvchi qatronlar ya’ni anionitlar solinadi. Sorbsion tanlab eritish jarayoni maxsus pachuklarda olib boriladi.
Ion almashuvchi qatronlar (smolalar)

Ion almashuvchi qatronlar (smolalar)

  • Qatron (smola)ning markalaridan biri: AM-2Б
  • A—anionit;
  • M—makrog‘ovakli;
  • 2— ikki marta shishadigan;
  • Б— bifunksional.
  • Sorbsiya jarayoning reaksiyasi:
  • Na[Au(CN) 2 ] + R-OH = R-Au(CN) 2 + NaOH
  • Qatron (smola) haqida ma’lumot: Qatronlar bu – kimyoviy reaksiyalarda almashuvchi ionogen guruhlar biriktirilgan organik qattiq polimer materiallar.
  • Ularni boshqacha ionit (yoki sorbent)lar ham deyiladi. Almashuvchi ioniga ko‘ra ionitlar 3 xil bo‘ladi:
  • Anionit—Anion almashuvchi smola (AM-2Б);
  • Kationit—Kation almashuvchi smola (KU-2);
  • Amfolit—ham kation,ham anion almashuvchi smola.
  • Au ni sorbsiyalashda anionitlar ishlatiladi.
To’yingan smoladan oltinni desorbsiyalash

To’yingan smoladan oltinni desorbsiyalash

  • Sorbsiyalanish jarayonida o‘ziga eritmadagi Au ni shimib olgan va Au ga to‘yingan qatronlar (smolalar) desorbsiyalash jarayoniga beriladi.
Desorbsiya jarayoni

Desorbsiya jarayoni

  • Desorbsiya jarayoni sorbsiyaning teskarisi bo‘lib, bunda endi smola ichidan Au ni yana qayta eritmaga chiqariladi. Buning uchun Au ga to‘yingan smolaga tiomochevina (CS(NH 2 ) 2 ) ning sulfat kislotali eritmasi ta’sir ettiriladi. Jarayonning mexanizmi:
  • 2R-Au(CN) 2 + 2CS(NH 2 ) 2 + H 2 SO 4 =
  • =[AuCS(NH 2 ) 2 ] 2 SO 4 + R 2 -SO 4 + 4HCN
  • Desorbsiya jarayonidan so‘ng eritmadagi oltinning miqdori 2-4 g/l ga teng bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, oltinning miqdori oldingi miqdoriga qaraganda 10000 marta boyidi. Demak, sorbsiya-desorbsiya jarayoni bilan kambag‘al Au saqlagan eritmalarni boyitish mumkin. Desorbsiyadan keyin olingan eritmani regenerat deyiladi va uni elektrolizga yuboriladi. Desorbsiya jarayoni maxsus desorbsion kolonnalarda olib boriladi.
Elektroliz

Elektroliz

  • Au eritmasi +1,5 va +1,6 V kuchlanishga ega bo‘lgan tok bilan elektroliz qilinadi. Bunda katodda oltin, anodda esa O 2 (kislorod) ajraladi. Elektrodlarda boradigan jarayonlar quyidagicha:
  • Katodda: Au⁺ + 1ē = Au ͦ (Au qaytariladi);
  • Anodda: 4OH - 4ē = 2H 2 O + O 2 (kislorod oksidlanadi);
  • Elektrodlarning materiali: Katod - grafitdan, anod esa Ti dan tayyorlanadi. Elektrodlar orasida membrana mavjud bo‘lib, u katod oltinni zararli unsurlar bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Olingan katod oltinni induksion pechlarda eritib turli qoliplarga quyib har xil quymalar olinadi.

Olingan katod oltinni induksion pechlarda eritib turli qoliplarga quyib har xil quymalar olinadi.

E’tiboringiz  uchun  rahmat!

E’tiboringiz uchun rahmat!

Получите свидетельство о публикации сразу после загрузки работы



Получите бесплатно свидетельство о публикации сразу после добавления разработки


Серия олимпиад «Зима 2025»



Комплекты учителю



Качественные видеоуроки, тесты и практикумы для вашей удобной работы

Подробнее

Вебинары для учителей



Бесплатное участие и возможность получить свидетельство об участии в вебинаре.


Подробнее